Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–may oylarida qurilish ishlari hajmi 91 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–may oylarida qurilish ishlari hajmi 91 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–may oylarida qurilish ishlari hajmi 91 trln so‘mdan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar-may oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 91 621,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 110,0 % ni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi

2025 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha: - binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 68,4 % ulushni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil etdi;

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 20,7 % ulushni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 121,4 % ni tashkil etdi;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 10,9 % ulushni va 2024 yilning mos davriga nisbatan 130,3 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025 yilning yanvar-may oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 21 914,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 118,4 % ni, umumiy hajmdagi ulushi 1,7 % ga ko‘payib, 23,9 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, jami qurilish ishlari hajmining 51,2 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 107,7 % ni tashkil etgan holda 46 905,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 24,9 % ni yoki 22 802,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 107,2 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish surʼatlari Andijon (2024 yilning mos davriga nisbatan 225,3 %), Jizzax (187,3 %) va Toshkent viloyatlarida (179,2 %) qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling