Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
Moliya 13/01/2025 O‘zbekistonda ta’lim sohasida xizmatlar hajmi 26,86 trln. so‘mga yetdi

O‘zbekistonda ta’lim sohasida xizmatlar hajmi 26,86 trln. so‘mga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatigan xizmatlar hajmi 26,86 trln. so‘mga yetdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 13,1% ga oshgan.

Ta’lim xizmatlarining umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 3,7%dan oshdi.

2023-yil yanvar-noyabr oylarida ta’lim xizmatlari hajmi 22,1 trln. so‘mni tashkil etgan, 2022-yilda esa bu raqam 14,11 trln. so‘m bo‘lgan.

Shunday qilib, 2020-yilning yanvari va noyabriga nisbatan ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 3,42 baravarga oshgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling