O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 16,6 mingdan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 avgust holatiga respublikamizda chet el investitsiyasi ishtirokida 16 609 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Shundan 4 094 tasi qo‘shma va 12 515 tasi xorijiy korxonalardir.
Ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi 35,9 % - savdo sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan: savdo sohasida — 5 960 ta, sanoat sohasida — 3 449 ta, qurilish sohasida — 1 248 ta, axborot va aloqa sohasida — 1 220 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 704 ta, tashish va saqlash sohasida — 551 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 404 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 197 ta. Qolgan tarmoqlarga 2 876 ta korxona to‘g‘ri keladi.