Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
O‘zbekistonga 4 415 ta avtomobil import qilindi: umumiy qiymati $75,9 mln

O‘zbekistonga 4 415 ta avtomobil import qilindi: umumiy qiymati $75,9 mln

O‘zbekistonga 4 415 ta avtomobil import qilindi: umumiy qiymati $75,9 mln

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning ilk ikki oyi davomida O‘zbekistonga 4 415 ta yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Jami import qiymati $75,9 mln ni tashkil etdi. Avtomobillarning asosiy qismi Xitoydan olib kelingan bo‘lib, bu mamlakatdan 3 149 ta mashina import qilingan.

Shuningdek, Janubiy Koreyadan 1 191 ta avtomobil yetkazib berilgan.

Yaponiyadan 32 ta, Germaniyadan 11 ta, AQSH va Meksikadan esa 8 tadan avtomobil import qilingan.

Shu tariqa, Xitoy O‘zbekistonga yengil avtomobil yetkazib beruvchi asosiy mamlakat sifatida qolmoqda. Hisobot davrida mamlakatga kirib kelgan avtomobillarning 71% dan ortig‘i aynan Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling