O‘zbekiston–Xitoy: zamonaviy texnik oliy ta’lim infratuzilmasi yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 10-iyul kuni Xitoyning Guanchjou shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligida Toshkent davlat transport universitetida “Linnan oliy professional ustaxonasi”ni tashkil etish bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi.
Tashabbus “Bir makon – bir yo‘l” strategiyasi doirasida Guangdong provintsiyasi hukumati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.
Yangi markaz avtotransport muhandisligi, texnik xizmat va vodorod texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘ladi. Toyota, BYD, Chery kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda texnik laboratoriya tashkil etiladi.
Laboratoriyada universitet talabalari hamda texnikum o‘quvchilari kasbiy amaliyot va stajirovka o'tash imkoniyatliga ega bo‘ladilar yaratadi.
Loyihaning 1-bosqichi uchun 800 ming AQSh dollari ajratilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston oliy texnik ta’lim tizimini xalqaro talablarga moslashtirish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biri sanaladi.