Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Portugaliya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Paulu Bentu O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarish taklifini rad etdi, deb xabar bermoqda A Bola nashri.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis shartnoma shartlarini karyerasining bu bosqichida o‘z kutgan darajasiga mos emas, deb hisoblab taklifni qabul qilmagan.
56 yoshli Paulu Bentu avval “Sporting”, “Kruzeyro”, “Olimpiakos” va “Chunsin Lifan” klublarini boshqargan. U Portugaliya (2010–2014), Janubiy Koreya (2018–2022) va BAA (2023–2025) terma jamoalariga boshqargan faoliyati ham bor.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish taklifini Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov hamda Turkiya termasi sobiq ustozi Fatix Terim ham rad etgan edi.