Valyuta kurslari 01/11/2024
$1 – 12780.09
UZS – 0,05%
€1 – 13889.40
UZS – 0,29%
₽1 – 131.67
UZS – -0,38%
Qidirish
Moliya 30/10/2024 Octobank ilovasi orqali xorijdagi yaqinlaringizgapul yuboring va xizmatlar uchun toʻlov qiling

Octobank ilovasi orqali xorijdagi yaqinlaringizgapul yuboring va xizmatlar uchun toʻlov qiling

 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Octobankning Octo-Mobile ilovasi xalqaro pul oʻtkazmalarining ikkita qulay usulini taklif qiladi — Visa Direct va SWIFT orqali. Bajariladigan vazifaga moslab, eng qulayini tanlang. Visa Direct — Visa kartalari oʻrtasida tezkor pul oʻtkazishuchun, SWIFT — xorijdagi oʻqish yoki davolanishga toʻlov qilish uchun.

Visa Direct — Visa kartalariga tezkor pul oʻtkazish

Octo-Mobile ilovasidagi Visa Direct — bu dunyoning 180 mamlakatiga bir zumda pul oʻtkazish xizmati. Yaqinlari Visa kartasiga valyuta kartasini ochmasdan pul yubormoqchi boʻlganlar uchun mos keladi. Xizmat avtomatik ravishda mablagʻlarni oluvchining valyutasiga konvertasiya qiladi.

Octo-Mobile ilovasidagi Visa Direct orqali qanday qilib pul yuborish mumkin.

Ilovaning pastki menyusida “Kartalar”ni tanlang.

  • Pul yuboriladigan kartani tanlang.
  • Karta menyusidan “Oʻtkazma”→ “Visa Direct”ni tanlang.
  • Pul oluvchining karta raqami, hamda familiyasi, ismini kiriting, pul miqdorini koʻrsating va oʻtkazmani tasdiqlang.

Visa Directning afzalliklari

  • Oʻtkazmalarni Humo va Uzcard kartalaridan yuborish mumkin.

  • Qamrov - dunyoning 180 mamlakati.
  • Mablagʻlar avtomatik ravishda oluvchining valyutasiga oʻtkaziladi.

Komissiyalar

  • Octobank Visa kartalaridan boshqa banklarning Visa kartalariga pul oʻtkazish - 1% (kamida 2,40 dollar).

  • Octobank Uzcard kartalaridan boshqa bankning Visa kartalariga oʻtkazmalar - 2% (kamida 40 000 soʻm), Octobank Humo kartalaridan boshqa bankning Visa kartalariga oʻtkazmalar - 1,5% (kamida 40 000 soʻm).

Bu usul, masalan, qarindoshlar tomonidan chet elga tezda pul joʻnatish kerak boʻlgan holatlar uchun mos keladi.

SWIFT — xizmatlarga toʻlov qilish uchun ishonchli oʻtkazmalar

SWIFT sizga Octobank hisob raqamidan boshqa mamlakatdagi bank hisob raqamiga pul oʻtkazish imkonini beradi. Oʻqish, davolanish yoki yirik xaridlarga toʻlov qilish uchun qulay. Mijoz oʻtkazma valyutasini tanlashi mumkin va mablagʻlar avtomatik ravishda oluvchining valyutasiga konvertasiya qilinadi.

Octo-Mobile ilovasidagi qanday qilib SWIFT- oʻtkazma yuborish mumkin

  1. Ilovani oching va bosh sahifada "Kartalar" ni tanlang.
  2. Pul oʻtkaziladigan kartangizni tanlang.
  3. Karta menyusidan "Oʻtkazma" → "SWIFT- oʻtkazmalar" ni tanlang.
  4. Pul oʻtkazish valyutasini tanlang: dollar, yevro.

Pulni qabul qiluvchining maʻlumotlarini toʻldiring

Pulni kimga yuborayotganingizni koʻrsating

  • Jismoniy shaxsga: ismini, hisob raqamini, SWIFT-kodni (xalqaro pul oʻtkazmalari uchun bank kodi), bankning nomi va manzilini, toʻlov maqsadini kiriting.
  • Yuridik shaxsga: kompaniya nomini, manzil, hisob, SWIFT-kod, bank nomini kiriting, toʻlov maqsadini tanlang va koʻrsating. Kontrakt va invoysni ilova qiling.

Oʻtkazma miqdorini koʻrsating — komissiya avtomatik ravishda hisoblanadi.

Oʻtkazmani bir martalik parol bilan tasdiqlang. Yodingizda tuting: uchta notoʻgʻri urinishdan soʻng sessiya toʻxtatiladi.

SWIFT afzalliklari

  • Dunyoning deyarli istalgan banki hisob raqamiga puloʻtkazish.

  • Yuqori darajadagi xavfsizlik.
  • Oʻtkazma valyutasini tanlash imkoniyati - dollar va yevroda.

Muddatlar va komissiyalar

  • SWIFT orqali mablagʻlar yetti ish kuni ichida oʻtkaziladi.

  •  Oʻzbekistondagi boshqa bankdagi hisob raqamiga dollar yoki yevroda oʻtkazganlik uchun komissiya - BHMning 0,4 qismi + summadan 0,5%. Nashr vaqtida 1 BHM - 375 000 soʻm, BHMning 0,4 qismi- 150 000 soʻm.
  • Xorijiy banklarga dollar, yevro va boshqa valyutalarda oʻtkazganlik uchun komissiya - BHMning 3 baravari + summadan 0,5 foiz. Nashr vaqtida BHM ning 3 baravari - 1 125 000 soʻm

Oʻtkazmalar boʻyicha limitlar:

  • Jismoniy shaxsning (rezident yoki norezident) hisobiga oʻtkazmaning maksimal summasi - 100 000 000 soʻm.
  • Norezidentlarning shaxsiy hisoblari orasidagi oʻtkazmalar - cheklovlarsiz.
  • Yuridik shaxslarning hisoblariga pul oʻtkazish kontrakt yoki invoys mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.

Pul oʻtkazishning mos usulini qanday tanlash mumkin

Visa Direct — agar yaqinlaringiz yoki qarindoshlaringiz Visa kartalariga tezda pul yuborish kerak boʻlsa. 

SWIFT — agar xorijda oʻqish yoki davolash uchun toʻlov qilish kerak boʻlsa. 

Octobank sayti: https://octobank.uz/

Octobank telegram-kanali: @Octobank_AJ 

Reklama

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling