Qamashi tumanida "dala kuni" bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)ning O'zbekistondagi vakolatxonasi "O'zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga ta'sirini baholash dasturi" (FOLUR) loyihasi doirasida hududlardagi fermer va dehqon xo’jaliklariga, ushbu sohani yetakchi olimlari va mutaxassislarni jalb qilgan holda "Dala kuni" tashkil etildi. Loyiha doirasida tanlab olingan oltita tumanda faoliyat yuritayotgan fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari bilan samarali ishlar olib borilmoqda. Bir nechta o'quv kurslari tashkil etildi va amaliy yordamlar ko'rsatib kelinmoqda.
FAO tomonidan FOLUR loyihasi doirasida Qamashi tumanida "Dala kuni" O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamda Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan hamkorlikda o'tkazildi. Ushbu tadbirda 100 dan ortiq fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari, hamkor vazirliklarning viloyat va tuman hududiy boshqarmalaridan ma’sul rahbarlar, tuman hokimliklaridan vakillar, qishloq fuqarolar yig'inlari raislari va boshqa qiziqish bildirgan yer egalari ishtirok etdi.
"Dala kuni"ning asosiy maqsadlaridan fermer xo’jaliklarilarning kuzgi bug'doy yetishtirish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish, almashlab ekish tizimlarining iqtisodiy jihatlari haqida ma'lumot berish va ishtirokchilar o'rtasida tajriba almashishni osonlashtirishdan iborat. Qishloq xo’jaligida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi tuproq tuzilishini yaxshilash, namlikni saqlash va eroziyani kamaytirishda ulkan yordam beradi, bu esa ayniqsa iqlim o'zgaruvchanligiga moyil bo'lgan hududlarda bug'doy va arpa yetishtirishning barqarorligini oshirish uchun samarali yondashuv bo'lib hisoblanadi. Tadbir davomida fermer xo’jaliklarilarga no-till (yerga ishlov bermasdan ekish) texnologiyalari usullari, o'simlik qoldiqlarini boshqarish va almashlab ekish tizimining foydali tomonlari ko'rsatildi. Bu usullar nafaqat tuproqning uzoq muddatda unumdorligi oshishini ta'minlaydi, balki xarajatlarni ham kamaytiradi va qurg'oqchilikka chidamlilikni oshiradi. Bunday usullarni qo'llash orqali, qatnashchilar tabiiy resurslarni keyingi ekin mavsumi uchun saqlagan holda hosildorlikni oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Shuningdek, "Dala kuni"ning maqsadi to’g’ridan-to’g’ri ekish texnologiyasining tuproq namligini saqlash, tuproq sog'lig'ini yaxshilash va lalmi dehqonchilik sharoitida hosildorlikni oshirishdagi afzalliklari to'g'risida xabardorlikni oshirishdan iborat bo’ldi. Qatnashchilar tadbir davomida amaliy tavsiyalar olishdi, dalada to’g’ridan-to’g’ri ekish texnologiyasining amaliyotda kuzatishdi va mutaxassislar hamda fermerlar bilim almashishdi. Turli amaliy ko'rgazmalar o'tkazildi, jumladan, to’g’ridan-to’g’ri ekish va an'anaviy yerga ishlov berish usullarining tuproq zichligiga ta`siri, ildiz rivojlanishi va tuproq tuzilishini vizual kuzatish hamda yomg’ir suvlarini yig’ish va undan samarali foydalanish. Qatnashchilar shuningdek, o'simlik qoldiqlari saqlanishi, oraliq ekinlarning o’rni va to’g’ridan-to’g’ri ekish usulining qanday qilib uzoq muddatli tuproq sog'lig'i va ekinlar hosildorligining oshishiga ijobiy ta`sir haqida ma'lumot olishdi. Mutaxassislar yo'riqnomasi va o’zaro tajriba almashish orqali, mahalliy fermer xo’jaliklarila orasida qishloq xo’jaligida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi amaliyotlarini kengroq joriy etilishini rag'batlantiradi.
FOLUR loyihasi doirasida tashkil etilgan "Dala kuni" barqaror qishloq xo'jaligi amaliyotlarini targ'ib qilish, fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining ilmiy va amaliy imkoniyatlarini oshirish va mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan innovatsion yechimlarni joriy etishni rag'batlantirish uchun muhim platforma vazifasini o'taydi. Ko’rgazmali maydonlar va mutaxassislar bilimlarini bir yerga yig’ish orqali ushbu tadbirlar qishloq joylarida daramod manbaini ko’paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash va tabiiy resurslarni himoya qiluvchi barqaror qishloq xo'jaligi tizimlarini yaratishga hissa qo'shadi. FAO, milliy va mahalliy hamkorlar bilan birgalikda, muvaffaqiyatli amaliyotlarni kengaytirish va O'zbekiston bo'ylab fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalariga iqlimga moslashgan va ekologik toza qishloq xo'jaligi amaliyotlarini qo'llashda yordam berish uchun o'z sa'y-harakatlarini davom ettiradi.