Qanot Sharq mart oyigacha bir necha reyslarini bekor qiladi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Qanot Sharq mart oyigacha bir necha reyslarini bekor qiladi

Qanot Sharq mart oyigacha bir necha reyslarini bekor qiladi

Qanot Sharq mart oyigacha bir necha reyslarini bekor qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi 20 yanvardan 6 martgacha bir qator reyslarini bekor qildi.

Bu Airbus A320 samolyotlarida bajariladigan reyslarga tegishli. Aviakompaniya bu qarorni «ishlab chiqarish zaruriyati» bilan izohladi.

Quyidagi reyslar bekor qilingan:

HH18, Samarqand — Toshkent, 22 yanvardan 5 martgacha;

HH701/702, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 25 yanvardan 1 martgacha;

HH703/704, Farg‘ona — Moskva (Domodedovo) — Farg‘ona, 24 yanvardan 28 fevralgacha;

HH705/706, Namangan — Moskva (Domodedovo) — Namangan, 21 yanvardan 3 martgacha;

HH707/708, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 20 (21) yanvardan 3 (4) martgacha;

HH709/710, Buxoro — Moskva (Domodedovo) — Buxoro, 25 yanvardan 1 martgacha;

HH712, Moskva (Domodedovo) — Samarqand, 20 yanvardan 3 martgacha;

HH715/716, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 20 yanvardan 3 martgacha;

HH717/718, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 22 (23) yanvardan 5 (6) martgacha;

HH741/742, Samarqand — Sankt-Peterburg — Samarqand, 21 (22) yanvardan 4 (5) martgacha;

HH743/744, Namangan — Sankt-Peterburg — Namangan, 21 yanvardan 4 martgacha.

Bekor qilingan reyslar uchun yo‘lovchilar chipta pulini qaytarish yoki boshqa sana uchun chipta olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling