Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi

Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi

Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1984–1991 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 6 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qirg‘izistonlik narkosavdogardan 2 kg “gashish” moddasini 15.000 AQSH dollariga sotib olishga kelishishadi va ushbu maqsadda 1950 AQSH dollarini boshlang‘ich badal sifatida unga yetkazib berishadi.

🇺🇿🇰🇬O‘z navbatida Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi giyohvandlik vositasini o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Xonobod shahridagi xufiya joyda qoldiradi.

Qo‘rg‘ontepalik og‘ufurushlardan biri esa ushbu zahri qotilni olib, o‘zining avtomashinasida Xonobod-Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruhning qolgan 5 nafar aʼzosi ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu “gashish” giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 1 kg 954 gr.ni tashkil qildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling