Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 10/09/2025
$1 – 12355.14
UZS – -0,68%
€1 – 14539.53
UZS – -0,3%
₽1 – 148.48
UZS – -2,23%
Qidirish
Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan faol tadbirda, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1992 y.t. fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, hovlidagi daraxt tagiga Tojikiston Respublikasidan keltirilgan 960 gr “opiy” moddasi ko‘mib qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida esa Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi, 1971 y.t. fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada xonadondagi mavjud og‘ilxonada 25 kg 520 gr “marixuana” giyohvandlik o‘simligi saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ўтказиш...) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling