Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaymoqda

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaymoqda

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —Senatning o‘ninchi yalpi majlisida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

Ushbu masala aholiga munosib yashash sharoitini yaratish, buning uchun muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini, shuningdek, ijtimoiy soha (maktab, bog‘cha, kasalxona) obyektlarini barpo etish, yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Senatorlar tomonidan taʼkidlanganidek, Kattaqo‘rg‘on shahri Samarqand viloyatining geografik nuqtai nazardan shimoliy-g‘arbida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda shahar aholisi soni qariyb 95 ming kishini, umumiy yer maydoni 4,4 ming gektarni tashkil etadi.

Shahar aholisining o‘sish surʼati oxirgi 5 yilda har yili o‘rtacha 1,1 ming kishini tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan 4 mingga yaqin aholi va talabalar istiqomat qilmoqda.

Aholi zichligi 1 kvadrat kilometr maydonga 9,5 kishiga to‘g‘ri kelib, Samarqand viloyati bo‘yicha aholisi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi.

Shu bois Senat qarori loyihasida quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahar hududini kengaytirish maqsadida unga chegaradosh bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1, 9 ming gektar va Nurobod tumanidan 971 gektar, jami 2,9 ming gektar yer maydonini shahar tarkibiga o‘tkazish, shuningdek, Nurobod tumanining Kattaqo‘rg‘on tumani bilan chegaradosh bo‘lgan hududlaridan 600 gektar yer maydonini Kattaqo‘rg‘on tumaniga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Chegara hududining kengayishi hisobiga Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi soni 2030-yilga borib 150 ming kishidan oshishi mumkin.

Shahar hududining kengayishi natijasida Kattaqo‘rg‘on o‘rta shaharlar toifasidan katta shaharlar toifasiga o‘tkazilib, shahar aholisi uchun kulay sharoitlar yaratish, xususan, yangi infratuzilma obyektlari hamda ko‘p qavatli turar-joy komplekslari barpo etish, urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtirish imkoni yaratiladi.

Yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etiladi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.

Xususan, 50 gektar maydonda “Urgut” erkin iqtisodiy sanoat zonasi filiali, shuningdek, 30 gektarda 3 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Muhokama so‘nggida mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling