Samarqandda Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida davlat xizmati sohasida hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 24-iyun kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmati bo‘yicha Forumi munosabati bilan Fransiya davlat faoliyati, davlat xizmati va soddalashtirish vazirligi hamda Davlat xizmati milliy instituti Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS) hamda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha ahdlashuv deklaratsiyasini imzoladilar.
Ushbu toʻrt tomonlama kelishuv 2022-yildan buyon mavjud boʻlgan hamkorlikni yanada chuqurlashtiradi: Fransiya endilikda davlat boshqaruvi sohasida akademik va kasbiy kurslarda (uzoq va qisqa muddatli dasturlar, stajirovkalar va malaka oshirish dasturlari) ishtirok etadigan ko‘proq o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari va istiqbolli mutaxassislarni ayollar yetakchiligi va raqamli transformatsiyaga alohida e’tibor qaratgan holda qabul qiladi.
Hujjatlarni imzolash marosimi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez xonim, vazirlikdan kelgan Fransiya delegatsiyasi va O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari janob Po‘lat Bobojonov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.