Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Iqtisod 18/07/2025 Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-iyul kuni Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Rajit Nanda hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

DataVolt — Saudiya Arabistonining zamonaviy data markazlar (ma’lumotlar markazlari) qurish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya yirik korporativ mijozlar uchun yuqori quvvatli, energiya tejamkor va barqaror ishlaydigan data markazlarni loyihalash, qurish va boshqarishga ixtisoslashgan.

Kompaniya o‘z loyihalarida data markazlarni quyosh, shamol va gidorenergiya kabi qayta tiklanuvchi manbalar orqali quvvatlantirishga intiladi hamda operatsiyalarida energiya samaradorligini oshirish va “yashil energiya” sertifikatlari (I-REC) orqali uglerod neytralligiga erishishni maqsad qiladi.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonda “yashil energiya” sertifikatlari (I-REC) bo‘yicha amaliyotni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida barqaror energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish va yangi mexanizmlarni joriy etish masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar mamlakatimizda “yashil energiya” sertifikatlariga oid amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar yuqorida qayd etilgan masalalarni hamkorlikda o‘rganish, xalqaro amaliyotdan kelib chiqib takliflarni ishlab chiqish va mamlakatda barqaror energiya bozorini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni davom ettirish hamda fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling