Senat 13-iyun kuni yalpi majlis chaqiradi

Senat 13-iyun kuni yalpi majlis chaqiradi

Senat 13-iyun kuni yalpi majlis chaqiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda Senatning oʻn oltinchi yalpi majlisini 2026-yil 13-iyun kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Senatning yalpi majlisida sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalashtirish, aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qator muhim qonunlar muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, sudning mustaqilligini va sudyalar daxlsizligini taʼminlash, ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish va xalqaro moliyaviy munosabatlarga oid qonunlar ham Senat yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilgan.

Shuningdek, yalpi majlisda ipakchilikni rivojlantirish, pilla yetishtirish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, ozuqa bazasini yaxshilash hamda eksport salohiyatini kengaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish masalasi ham koʻrib chiqiladi.

Bundan tashqari, senatorlar Markaziy bankning 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling