Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Senatda Vengriya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11-sentabr kuni Oliy Majlis Senati devoni rahbari Qudrat Nurullayevning Vengriya Milliy majlisi (parlamenti) bosh direktorining iqtisodiyot va parlament ishi bo‘yicha o‘rinbosari Emil Bakosh boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida parlamentlararo hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qonun ijodkorligi, parlament faoliyatini tashkil etish hamda qonun chiqaruvchi organlar apparatlari o‘rtasida tajriba almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.