Sent-Luis shahrida Andijon to‘qimachilik savdo uyi ochildi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Sent-Luis shahrida Andijon to‘qimachilik savdo uyi ochildi

Sent-Luis shahrida Andijon to‘qimachilik savdo uyi ochildi

Sent-Luis shahrida Andijon to‘qimachilik savdo uyi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSHning Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida Andijon to‘qimachilik mahsulotlarini namoyish va sotishga ixtisoslashgan yangi savdo uyi o‘z faoliyatini boshladi.

Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, “ITF Group LLC” ijrochi direktori Saidazim Burxonxo‘jayev, mahalliy biznes vakillari hamda yurtimizning to‘qimachilik sanoati tadbirkorlari ishtirok etdilar.

Savdo uyi — shourum sifatida ham xizmat qilib, unda Andijon viloyatida ishlab chiqarilayotgan tayyor kiyim-kechaklar namoyish etiladi. Shuningdek, mahalliy va xalqaro xaridorlar uchun doimiy savdo maydoni sifatida foydalaniladi.

Sent-Luis shahri AQSHning yirik logistika markazlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ushbu savdo uyi orqali o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni mamlakatning turli shtatlariga keng tarqatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu qadam Andijon to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirish, yangi bozorlarga chiqish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun keng imkoniyat yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling