Sug‘urta xizmatlari bozori yanada rivojlanadi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 10/09/2025
$1 – 12355.14
UZS – -0,68%
€1 – 14539.53
UZS – -0,3%
₽1 – 148.48
UZS – -2,23%
Qidirish
Sug‘urta xizmatlari bozori yanada rivojlanadi

Sug‘urta xizmatlari bozori yanada rivojlanadi

Sug‘urta xizmatlari bozori yanada rivojlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan navbatdagi hujjat — sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi bo‘ldi.

Ushbu qonun loyihasida sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari faoliyatida xabardor qilish tartib taomillarini qo‘llash belgilanmoqda. Shuningdek, sug‘urta agenti faoliyatini tartibga solishning yangi mexanizmini ishlab chiqish, sug‘urtalovchi litsenziyasini ixtiyoriy ravishda bekor qilish hamda majburiy sug‘urtaga oid qonun hujjatlarida sug‘urta munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etishga oid me’yorlar aks etmoqda.

Muhokamalarda qonun loyihasi matni deputatlar taklifi asosida maromiga yetkazilgani, xususan, transport vositasidan foydalanishda majburiy sug‘urta qilish, yo‘l transport hodisasi ro‘y berganda tomonlar kelishuviga ko‘ra sug‘urta to‘lovini aybdor tomonning sug‘urtalovchisidan olish masalalari tartibga solinayotganini ma’qulladilar.

Shu bilan birga, sohani raqamlashtirish orqali elektron sug‘urta polisi rasmiylashtirilishini inobatga olib, shahodatnoma, sertifikat va kvitansiya ko‘rinishidagi ayrim byurokratik (qog‘ozbozlik) talablar bekor qilinayotgani deputatlar e’tiborida bo‘ldi.

Majlisda qonun loyihasi bilan kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sug‘urta sohasini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling