Tashkent Pharma Park Koreyaning The Standard kompaniyasi eʼtiborini tortdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov Koreyaning The Standard kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Tashkent Pharma Park klasteri, investorlar uchun yaratilgan sharoitlar va mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
Kompaniya vakillari tomonidan O‘zbekiston bozori katta va istiqbolliligi, farmatsevtika mahsulotlarini mahalliylashtirish niyatlarini hamda mamlakatimiz MDH davlatlariga eksport uchun qulay hudud ekanligini taʼkidladilar.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va investitsiya loyihalari amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.