Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Moliya 05/05/2025 To‘lovlar va biznes segmentiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini kuchaytirish: TBC Bank Shuhratbek Qurbonovni Boshqaruv Raisi Maslahatchisi lavozimiga tayinladi

To‘lovlar va biznes segmentiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini kuchaytirish: TBC Bank Shuhratbek Qurbonovni Boshqaruv Raisi Maslahatchisi lavozimiga tayinladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 5-may — Shuhratbek Qurbonov “TBC Bank” ATB Boshqaruv Raisining biznes segmenti uchun to‘lovlarni rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha Maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu — kompaniyaning O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes (KO‘B) uchun moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadami bo‘ldi.

O‘tgan yili kompaniya O‘zbekiston bozoridagi kichik va o‘rta biznes (KO‘B) uchun birinchi to‘liq raqamli bank xizmati bo‘lgan, barcha bank va unga bog‘liq operatsiyalarni to‘liq masofadan boshqarish imkoniyatini taqdim etuvchi TBC Business platformasini ishga tushirgan edi. Joriy yilning aprel oyida esa ushbu xizmat mijozlariga 300 million so‘mgacha (taxminan 23 ming AQSh dollari) miqdorida, uch yilgacha bo‘lgan muddatda to‘liq raqamli rasmiylashtiriladigan qisqa muddatli biznes kreditlari taqdim etila boshlandi.

Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan: «Shuhratbek Qurbonovni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnunmiz. Uning tayinlanishi — kompaniyamizning O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks moliyaviy yechimlarni yaratish strategiyasidagi muhim bosqich hisoblanadi. Shuhratbekning tajribasi, bozorni chuqur tushunishi va obro‘-e’tibori bizning onlayn bank xizmatlarimizni rivojlantirishga va mamlakatdagi tadbirkorlikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi».

Shuhratbek Qurbonov, TBC Bank Boshqaruv Raisi Maslahatchisi: «Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalardan biri — TBC Uzbekistan ekotizimi safiga qo‘shilganimdan xursandman. Bizning vazifamiz — zamonaviy moliyaviy yechimlar, ilg‘or texnologiyalar va professionallar jamoasining muvofiqlashtirilgan ishlashi orqali mamlakatda kichik va o‘rta biznes rivoji uchun qulay sharoitlar yaratishdir».

Shuhratbek Qurbonov bunga qadar olti yildan ortiq vaqt davomida Humo to‘lov tizimining operatori bo‘lgan Milliy banklararo protsessing markaziga (MBPM) rahbarlik qilgan. U yangi lavozimiga 2025-yil 5-may kuni kirishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling