Toshkent va Tyantszin uy-joy kommunal xizmatlari sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent va Tyantszin uy-joy kommunal xizmatlari sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent va Tyantszin uy-joy kommunal xizmatlari sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi Toshkent shahri delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Tyanszin shahri vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Unda tomonlar shahar xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, xususan, drenaj tizimlarini rivojlantirish, tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish, suvni yo‘naltirish, tozalash va qayta ishlatish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Ikki shahar o‘rtasida amaliy tajriba almashish, samarali muhandislik yechimlarini o‘rganish va ularni Toshkentning jadal rivojlanayotgan shahar infratuzilmasi sharoitida qo‘llash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, shahar infratuzilmasi barqarorligini oshirish, drenaj tizimlari va tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, suvni yo‘naltirish, tozalash va qayta ishlatish sohasida zamonaviy yechimlarni joriy etishga qaratilgan loyihalarni birgalikda ishlab chiqishni nazarda tutuvchi hamkorlik hujjatlari imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling