Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Toshkent viloyatida quvati 320 kVt bo‘lgan kichik GES ishga tushirildi

Toshkent viloyatida quvati 320 kVt bo‘lgan kichik GES ishga tushirildi

Toshkent viloyatida quvati 320 kVt bo‘lgan kichik GES ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Damariq kanalida quvvati 320 kVt bo‘lgan kichik gidroelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan loyihada umumiy quvvati 640 kVt bo‘lgan GES qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, birinchi bosqich loyiha quvvatining yarmini ishlab chiqarish imkonini bermoqda.

Stansiya to‘liq quvvatga kirgach, yiliga qariyb 3,2 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va bu viloyatdagi 1300 ga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Stansiya ochilgan kuni kichik gidroenergetikani rivojlantirishga qiziquvchi tadbirkorlar uchun maxsus o‘quv seminari o‘tkazildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling