Toshkentda aeroportida "T'way Air" aviakompaniyasining ilk parvozi kutib olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning "T'way Air" loukoster aviakompaniyasi Seul-Toshkent-Seul yo'nalishi bo'yicha muntazam yo'lovchi qatnovlarini yo'lga qo'ydi.
23-may kuni soat 21:56 da aviakompaniyaning birinchi TW-431 reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. Seuldan kelgan samolyot an’anaga ko‘ra suv arkasi, ekipaj a’zolari esa gullar bilan kutib olindi. Samolyot bortida 216 yo‘lovchini, jumladan Koreyaning mashhur BLACKSWAN musiqiy guruhini olib keldi.
"Biz bugun yoʻlovchilarimiz uchun yangi mamlakat – Oʻzbekistonni ochganimizdan juda mamnunmiz. Seuldan Toshkentga va teskari yoʻnalishdagi birinchi reyslar talab ancha yuqori ekanligini koʻrsatdi. Biz “Uzbekistan Airports” kompaniyasiga bunday samimiy qabul uchun minnatdormiz va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatidamiz”, — deya izoh berdi aviakompaniya vakili Kim Yunkyon.
Reyslar haftasiga to‘rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari zamonaviy Boeing 777-300 va Airbus A330-300 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"T'way Air" kabi xalqaro aviatashuvchilarning jalb etilishi Toshkent aeroporti yo'lovchilari uchun parvozlar geografiyasini kengaytirish va aviatsiya sohasida raqobatni rivojlantirish bo'yicha olib borayotgan ishlarimiz natijasidir. Bugungi kunda Seul ham sayyohlar, ham ishbilarmonlar uchun mashhur yo'nalish hisoblanadi. Janubiy Koreyaning loukoster aviakompaniyasi esa O'zbekistondan Koreya Respublikasiga parvozlar uchun moslashuvchan tariflar va qulay shart-sharoitlarni taklif etmoqda", - deya takidladi UzPort xizmat ko'rsatish kompaniyasi direktori Timur Xalilov.
"T'way Air" - Janubiy Koreyaning Seulda joylashgan loukoster aviakompaniyasi bo'lib, 2010-yildan beri parvozlarni amalga oshirib keladi.