Valyuta kurslari 29/08/2025
$1 – 12482.38
UZS – 0,56%
€1 – 14540.72
UZS – 1,07%
₽1 – 155.23
UZS – 0,62%
Qidirish
Toshkentda KHL World Games o‘yini bo‘lib o‘tdi

Toshkentda KHL World Games o‘yini bo‘lib o‘tdi

(Surat uzdaily.uz)

Toshkentda KHL World Games o‘yini bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22-dekabr kuni Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida Minskning «Dinamo» va Moskvaning «Spartak» jamoalari o‘rtasida Kontinental xokkey ligasi (KXL) doimiy chempionati doirasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. «Spartak»ning 78-yilligiga bag‘ishlangan o‘yin KHL World Games tarixidagi eng ko‘p tomoshabin to‘plangan o‘yin bo‘ldi — 9405 kishi. O‘zbekiston KXL o‘yinini qabul qilgan 16-davlatga aylandi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar jahon xokkeyining afsonalari Ilya Kovalchuk, Sergey Fyodorov va Valeriy Kamenskiydan mahorat darsi oldilar. Tomoshabinlar uchun afsonaviy xokkeychilar va stendap-komik Yevgeniy Chebatkov bilan avtograf-sessiyalar, shuningdek, tanlov va sovg‘alar o‘yini tashkil etildi.

O‘yin «Spartak»ning overtaymdagi 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. KXL prezidenti Aleksey Morozov o‘yinning tashkilotchiligini va rekord darajadagi tashrifni yuqori baholadi. KXL yangi mavsumda ham bunday o‘yinlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling