Valyuta kurslari 30/06/2025
$1 – 12654.13
UZS – 0,54%
€1 – 14817.99
UZS – 0,4%
₽1 – 161.18
UZS – 0,47%
Qidirish
Texnologiyalar 22/05/2025 Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasining bo‘limi ochildi

Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasining bo‘limi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yangi tuzilma telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalar sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi markazga aylanadi. Bu yerda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion yechimlarni joriy etish va tajriba almashish masalalari muhokama qilinadi hamda yangi tashabbuslar ishlab chiqiladi.

Tantanali ochilish marosimida ASHH bosh direktori Aleksey Borodin, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, hamda ASHH Kengashi va Muvofiqlashtiruvchi kengash delegatsiyalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilarining taʼkidlashicha, Toshkentda ASHH bo‘limining ochilishi O‘zbekistonning mintaqadagi raqamli jarayonlardagi faol ishtirokini mustahkamlabgina qolmay, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amaliy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ushbu bo'lim shtab-kvartira mutaxassislar o‘rtasida hamkorlik, strategik masalalarni muhokama qilish va raqamli transformatsiya yo‘nalishida yangi tashabbuslarni boshlab beruvchi doimiy maydonga aylanishi kutilmoqda.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamli transformatsiyaga oid ustuvor yo‘nalishlarni hayotga tatbiq etish borasida belgilab bergan muhim vazifalar ijrosining biri bo‘lib, mamlakatning IT-hubga aylanish yo‘lidagi harakatlarini yana bir bor tasdiqlaydi.Ushbu bo‘lim o‘z faoliyatini UZTELECOM binosida boshlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling