Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
O‘zbekiston 28/04/2025 Toshkentda qurilish materiallari omboridagi yong‘in bartaraf etildi

Toshkentda qurilish materiallari omboridagi yong‘in bartaraf etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 28 aprel kuni soat 07:00 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirobod tumanidagi «Abdurauf Fitrat» mahallasi, G. Aliyev ko‘chasida joylashgan qurilish materiallari omborida yong‘in sodir bo‘lgani haqida maʼlumot tushdi.

Hodisa joyiga soat 07:02 da o‘t o‘chirish-qutqaruv bo‘linmalari tezkor yetib bordi. O‘t o‘chiruvchilarning muvofiq va jadal harakatlari tufayli yong‘in soat 08:33 da to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida ombor binosining ichki qismi va tom qismi taxminan 500 kvadrat metr maydonda shikastlangan.

Yong‘inni o‘chirish ishlariga 12 ta o‘t o‘chirish-qutqaruv ekipaji jalb etildi.

Hozirgi paytda mutaxassislar hodisa sabablarini aniqlash va moddiy zarar miqdorini baholash ishlarini olib bormoqda.

Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Hodisa joyida Toshkent shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari rahbarlari ish olib bormoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling