Valyuta kurslari 12/05/2025
$1 – 12880.35
UZS – -0,23%
€1 – 14535.47
UZS – -0,85%
₽1 – 156.68
UZS – -1,94%
Qidirish
Iqtisod 28/04/2025 Turkiyaning yirik oziq-ovqat kompaniyasi “Ülker” O‘zbekistonda o‘sish sari kuchli qadam tashladi

Turkiyaning yirik oziq-ovqat kompaniyasi “Ülker” O‘zbekistonda o‘sish sari kuchli qadam tashladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ülker 25 yildan buyon Qozog‘istondagi fabrikasida shokolad va pechenye ishlab chiqarib kelmoqda. Endilikda esa u O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shaxrida “pladis Confectionary”* nomi ostida savdo kompaniyasi tashkil etib, Markaziy Osiyodagi faoliyatini yanada mustahkamladi. Toshkentda ochilgan To‘g‘ridan-to‘g‘ri Savdo Taqsimot Markazi va mamlakat bo‘ylab keng distribyutorlar tarmog‘i orqali “Ülker” mahsulotlari endi minglab savdo nuqtalari va millionlab O‘zbekistonlik iste’molchilarga yetib boradi.

Turkiyaning yetakchi oziq-ovqat kompaniyasi sifatida “Ülker” Qozog‘istonda ko‘p yillik shokolad va pechenye ishlab chiqarish tajribasidan so‘ng, O‘zbekiston iste’molchilariga yetib borish yo‘lida muhim qadam tashladi.

Yangi tashkil etilgan kompaniya va To‘g‘ridan-to‘g‘ri Savdo Taqsimot Markazi orqali “Ülker” mahsulotlari O‘zbekiston bo‘ylab 12 ta turli shaharlardagi hududiy dillerlar hamda barcha savdo kanallari orqali iste’molchilarga yetkaziladi.

Toshkentdagi kompaniya tarkibida omborxona va savdo ofisining ochilish marosimi quyidagi mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi: Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Bosh savdo maslahatchisi Suavi Onal; “pladis” va “GODIVA” boshqaruv kengashi raisi Murat Ulker; “Ülker” kompaniyasi bosh direktori O‘zgyur Kyolyukfaki; “pladis”ning global ta’minot zanjiri rahbari Mario Reys; hamda “pladis”ning Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Yavuz Yurtgyuder.

O‘zgyur Kyolyukfaki: “Biz 30 000 savdo nuqtasiga 105 xil mahsulot yetkazib berishga intilamiz”.

“Ülker” bosh direktori (CEO) O‘zgyur Kyolyukfaki Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan bozorlaridan biri bo‘lgan O‘zbekistonga kiritilgan sarmoya mintaqaviy o‘sish maqsadlariga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi. Bosh direktor sozlari davom etdi:

“Markaziy Osiyoda — biz kuchli hamkorliklar va mahalliy ehtiyojlarga moslashtirilgan strategiyalar orqali rivojlanayotgan hududda — qilgan bu qadamingiz 38 millionga yaqin aholiga ega, dinamik va katta salohiyatga ega bozor bo‘lgan O‘zbekistonda ishtirokimizni kuchaytirishda juda muhim ahamiyatga ega.

Yangi tashkil etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Savdo Tarqatish Markazimiz orqali Toshkentdagi 5 000 ta va boshqa shaharlardagi 25 000 ta savdo nuqtalarini qamrab olgan holda, jami 30 000 dan ortiq nuqtaga yetib borishni maqsad qilganmiz. Birinchi yilda har hafta muntazam tashriflar orqali ushbu nuqtalarga 105 turdagi mahsulot yetkazib berishni rejalashtirganmiz.

So‘nggi yillarda iqtisodiy islohotlar tufayli O‘zbekiston sarmoyadorlar uchun jozibali markazga aylandi va biz bu yerda barqaror ishtirokni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz. Brendimiz va mahsulotlarimiz orqali har bir luqmada O‘zbekistonlik iste’molchilarga quvonch ulashamiz.

Toshkentda ochilgan yangi To‘g‘ridan-to‘g‘ri Savdo Taqsimot Markazi va savdo tuzilmasi nafaqat Ülker’ning mintaqadagi barqaror o‘sishiga xizmat qiladi, balki Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi chuqur ildizlarga ega savdo munosabatlarini ham mustahkamlashga hissa qo‘shadi, deb ishonamiz.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling