Valyuta kurslari 29/08/2025
$1 – 12482.38
UZS – 0,56%
€1 – 14540.72
UZS – 1,07%
₽1 – 155.23
UZS – 0,62%
Qidirish
UzAuto Motors 3-presslash sexini ochdi — ishlab chiqarish 25 foizga oshadi

UzAuto Motors 3-presslash sexini ochdi — ishlab chiqarish 25 foizga oshadi

UzAuto Motors 3-presslash sexini ochdi — ishlab chiqarish 25 foizga oshadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan 3-presslash sexining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, yangi sexning ishga tushirilishi yiliga qoʻshimcha 140 ming dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu esa, hozirda yiliga 410 ming dona avtomobil ishlab chiqarayotgan korxona salohiyatini 550 ming donaga yetkazadi. Natijada ishlab chiqarish hajmi avvalgiga nisbatan 25,4%ga o‘sishini ta’minlab, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

UzAuto Motors O'zbekiston avtomobil bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. 2024 yilda kompaniya 353 730 dona avtomobil sotgan holda bozorning 88 foizini egallagan.

UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqaruvchisi yaqin kelajakda sakkizta yangi avtomobil modelini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Yanosh Kovachs Toshkentda bo‘lib o‘tgan Chevrolet Tahoe High Country SUV taqdimotida ma’lum qildi.

Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Tahoe High Country yangi liniyadagi birinchi modelga aylandi. Aniq modellar va sotuvga chiqish sanalari hozircha oshkor etilmagan, biroq yangi mahsulotlardan biri Chevrolet Captiva’ning gibrid versiyasi bo‘lishi ma’lum.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling