Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Uzbekistan Airways Tel-Avivga reyslarni vaqtincha to‘xtatmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni vaqtincha to‘xtatishini eʼlon qildi.
Bunday qaror Tel-Aviv xalqaro aeroporti atrofidagi havo fazosidan foydalanishda amal qilayotgan cheklovlar bilan bog‘liq.
Aviatashuvchining rasmiy bayonotiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda parvozlar 2025 yil 16 iyundan 30 iyungacha to‘xtatib turiladi.
Reyslari bekor qilingan yo‘lovchilarga chiptalar qiymatini majburiy tarzda qaytarib olish yoki ularni keyingi sanalarga qayta bron qilish imkoniyati beriladi.