Valyuta kurslari 09/06/2025
$1 – 12777.52
UZS – -0,42%
€1 – 14590.65
UZS – -0,11%
₽1 – 161.54
UZS – -1,35%
Qidirish
Iqtisod 08/06/2025 Xitoyning Datatek Technology kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda jamoat transportiga sarmoya kiritadi

Xitoyning Datatek Technology kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda jamoat transportiga sarmoya kiritadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Xitoy davlatidan kelgan “Datatek technology co.,ltd” “Datatek Group” kompaniyasining Raisi Ray Hung boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar Respublikamizda jamoat transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologik toza transport vositalarini joriy etish, zamonaviy to‘lov tizimlarini tatbiq etish va xalqaro tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish borasida o‘zaro fikr almashdilar.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari yurtimizda jamoat transporti sohasida olib borilayotgan islohotlarni e’tirof etar ekan, o‘zlarining zamonaviy texnologiyalar va moliyaviy resurslar asosida yirik loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik doirasida birinchi bosqichda zamonaviy avtobuslar xaridi va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish rejalashtirildi.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, jamoat transportini zamonaviylashtirish va aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiluvchi muhim qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling