Yoshlar terma jamoasi Ispaniyada Angliyaga mag‘lub bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning U-17 yoshlar terma jamoasi Ispaniyada o‘tkazilayotgan Costa De La Luz U18 xalqaro turnirida Angliya jamoasiga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv 3:1 hisobida angliyaliklar foydasiga yakunlandi.
21-daqiqada Asilbek Aliyev O‘zbekiston jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay raqiblar hisobni tenglashtirishdi: 28-daqiqada Luka Uilyams-Barnett jarima zarbasidan gol urdi.
Oradan sakkiz daqiqa o‘tib, Angliya jamoasi hisobda oldinga chiqdi — Alexandro Rodriges yaqin ustun oldida uzatmani samarali yakunlab, birinchi bo‘limni 2:1 hisobida yakunlanishini taminladi.
Uchrashuvning yakuniy hisobini ikkinchi bo‘lim oxirida zaxiradan maydonga tushgan Rayan Makaydu belgiladi. U darvoza to‘rini yuqori burchakdan topib, angliyaliklarga 3:1 hisobida g‘alaba keltirdi.
Turnir taqvimiga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 6 sentyabr kuni Kanadaga, 9 sentyabr kuni esa Marokashga qarshi maydonga tushadi.