Jenevada Oʻzbekiston va kasaba uyushmalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jeneva shahrida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi Bosh kotibi Lyuk Triangl bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, tajriba almashish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda mehnat munosabatlari sifatini oshirish va aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda mehnat qonunchiligini takomillashtirish, xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini kengaytirish va ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning salmoqli natijalari qayd etildi.

Uchrashuv yakunida munosib mehnatni taʼminlash va xodimlar huquqlarini himoya qilish yo‘lida konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish va sheriklik aloqalarini mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling