Oʻzbekiston 15 ta Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Oʻzbekiston 15 ta Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Pharma Eurasia and MedTech" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida KOTRA bilan hamkorlikda Koreya Respublikasining kosmetika va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan 15 ta kompaniya rahbarlaridan iborat delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekistonning farmatsevtika va kosmetika bozori, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsion muhit hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Koreya tomoni vakillari O‘zbekistonda farmatsevtika va kosmetika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdilar.