Oʻzbekiston 798 kilometrlik gaz tarmoqlarini taʼmirlaydi

Oʻzbekiston 798 kilometrlik gaz tarmoqlarini taʼmirlaydi

Oʻzbekiston 798 kilometrlik gaz tarmoqlarini taʼmirlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Hududgaztaʼminot” AJ maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2026-yilda ggaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, tarmoqlar sozligini tekshirish hamda texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Xususan, 93 ming km gaz quvurlari va ulardagi qurilmalar ulama hamda birikmalari maxsus asbob-uskunalar yordamida nazoratdan o‘tkaziladi. Shuningdek, 16,2 ming km yer osti gaz quvurlari mobil laboratoriyalar va maxsus qurilmalar orqali tekshirilib, 40,2 ming dona gaz taqsimlash punktida texnik ko‘rik ishlari amalga oshiriladi.

Dastur doirasida 400 ta gaz taqsimlash punktini mukammal ta’mirlash, 6,6 ming km gaz tarmoqlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash, shuningdek, 15,7 ming km yer usti gaz tarmoqlarini estetik jihatdan tartibga keltirish belgilangan.

Bundan tashqari, 218,7 mingta aholi xonadonining tabiiy gaz ta’minoti tizimini uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 797,8 km gaz tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, 71,2 km yangi gaz quvurlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, 218 658 ta xonadonni ikki bosqichli tizimga o‘tkazish hamda ushbu hududlardagi 1 803 ta gaz taqsimlash punktini demontaj qilish orqali texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish choralari ko‘riladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling