Oʻzbekiston va AQSh jamoatchilik diplomatiyasi masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va AQSh jamoatchilik diplomatiyasi masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-iyun kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibining jamoatchilik diplomatiyasi boʻyicha oʻrinbosari Sara Rojers bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, taʼlim, madaniyat, axborot va jamoatchilik diplomatiyasi sohalaridagi oʻzaro aloqalarga eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar iliq va mazmunli muhitda oʻtgani taʼkidlandi.
Tomonlar ushbu tashrif Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga va ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro tushunishni kengaytirishga hissa qoʻshishiga ishonch bildirdilar.