Oʻzbekiston va Qatar biznes hamkorligini kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Qatar biznes hamkorligini kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Qatar biznes hamkorligini kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 21 may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchilari Alisher Shayxov hamda Jamil Maksudi Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi Boshqaruv aʼzosi Muhammad bin Ahmad Al Obaydli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati hamda uni yana-da rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, Qatar investitsiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga keng jalb qilish, shuningdek sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika, energetika va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Shu bilan birga, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, biznes-forumlar, savdo missiyalari va B2B uchrashuvlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston–Qatar ishbilarmonlar kengashini tashkil etish tashabbusi ham muhokama qilinib, mazkur platforma ikki davlat biznes hamjamiyatlari o‘rtasida samarali va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni yana-da kengaytirish va amaliy hamkorlikni uzoq muddatli asosda rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling