Oʻzbekiston va Shvetsiya biznes hamkorligini kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston va Shvetsiya biznes hamkorligini kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston va Shvetsiya biznes hamkorligini kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida ISSV vaziri oʻrinbosari Akram Aliyev hamda Shvetsiya tashqi savdo boʻyicha davlat kotibi Diana Yanse ishtirokida Oʻzbekiston-Shvetsiya davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Ushbu nufuzli tadbir diplomatlar, vazirlik va idoralar hamda Sandvik, ABB, Elekta, AstraZeneca, SKF va Ericsson kabi yetakchi kompaniya vakillarini bir davraga jamladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi ijobiy oʻzgarishlar, xususan, 2025-yil yakunlariga koʻra mamlakat yalpi ichki mahsuloti 147 milliard dollarga yetgani hamda 150 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etilgani alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, 2030-yilga borib respublika iqtisodiyoti hajmini 240 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgani taʼkidlandi.

Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 6200 turdagi mahsulotni Yevropa bozorlariga bojxona bojlarisiz olib kirish imkonini beruvchi “GSP+” tizimidan samarali foydalanish hamda Shvetsiya biznesining 80 millionlik aholiga ega Markaziy Osiyo bozoriga chiqish masalalarini muhokama qildilar.

Hamkorlikning eng istiqbolli yoʻnalishlari qatorida “Tashkent Pharma Park” klasteridagi loyihalar bilan farmatsevtika tarmogʻi, investorlar uchun 2040-yilgacha soliq imtiyozlari koʻzda tutilgan AT sohasi, shuningdek, togʻ-kon sanoati va 2030-yilga qadar “yashil” energetika ulushini 54 foizga yetkazish maqsad qilingan energetika sektori qayd etildi.

B2B va B2G formatidagi uchrashuvlar yakunida ishtirokchilar birgalikdagi investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq etish boʻyicha amaliy ishlarga kirishishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling