Oʻzbekiston va Xitoy farmatsevtika loyihalari va biotexnologiya masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xitoy farmatsevtika loyihalari va biotexnologiya masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xitoy farmatsevtika loyihalari va biotexnologiya masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Xitoyning farmatsevtika va biotexnologiya sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiy buyumlar, kosmetika hamda tibbiy xizmatlar sohalaridagi investitsiya salohiyati, shuningdek, mamlakatning Markaziy Osiyo va MDH bozorlariga chiqish imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Xitoy delegatsiyasiga xorijiy investorlar uchun yaratilgan erkin iqtisodiy zonalar, soliq va bojxona imtiyozlari, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda texnologiyalar transferi bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida “E Healthcare Executive” tashkiloti bilan anglashinuv memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling