Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va XMT migrantlar huquqlarini himoya qilish masalasini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Xalqaro migratsiya tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Artur Erken bilan uchrashdi.
Muloqot davomida mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
“Toshkent xalqaro migratsiya forumi”ning muvaffaqiyatli tashkil etilgani alohida qayd etildi.
Tomonlar qo‘shma faoliyat natijalarini muhokama qilib, xalqaro darajada hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha kelgusi rejalarni belgilab oldi.