O‘zbekistonda 107 haydovchi guvohnomasidan mahrum etiladi
O‘zbekistonda 107 haydovchi guvohnomasidan mahrum etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 12 tadan ortiq jarima balli to‘plagan 107 nafar haydovchi sud tartibida haydovchilik huquqidan mahrum etiladi.
Sudning tegishli qarorlari qabul qilingach, ular transport vositasini boshqarish huquqini tiklash uchun qayta o‘qishdan o‘tishi va imtihon topshirishi shart bo‘ladi.
Amaldagi talablarga ko‘ra, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslar transport vositalari toifasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv tashkilotlarida nazariy va amaliy tayyorgarlikning to‘liq kursini qaytadan o‘tashi lozim. Shundan so‘ng ular nazariy imtihon topshirishi kerak bo‘ladi. Unda 50 ta savoldan kamida 46 tasiga to‘g‘ri javob berish talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar hisoblangan jarima ballari sonini Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli “Smart” mobil ilovasi orqali tekshirishlari mumkin.