Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonlik hakamlar Yevro U-17ga tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25 maydan 7 iyunga qadar Estoniyada 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondan hakamlar ham uchrashuvlarni boshqarishga jalb qilindi.
Musobaqa doirasida o‘zbekistonlik hakamlar turnirning hakamlar korpusida faoliyat yuritadi. Asker Najafaliyev uchrashuvlarning bosh hakami etib tayinlangan bo‘lsa, Ruslan Serazitdinov assistent hakam sifatida ish olib boradi.
O‘zbekiston vakillarining yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati o‘yinlarini boshqarishga jalb qilinishi milliy hakamlik korpusiga xalqaro maydonda bo‘lgan ishonch darajasi oshib borayotganini ko‘rsatadi.