Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Qanot Sharq 24 iyundan Tel-Avivga reyslarni tiklaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi 2026 yil 24 iyundan boshlab O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanishini eʼlon qildi.
Tashuvchi kompaniya maʼlumotiga ko‘ra, parvozlar Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent hamda Samarqand — Tel-Aviv — Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Aviaqatnovlarning qayta tiklanishi yo‘lovchilar uchun transport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, ishbilarmonlik safarlari, turistik tashriflar, shuningdek, qarindoshlar va do‘stlarnikiga safarlarni qamrab oladi.