Qo'qonda Malibu boshqarayotgan o'smir uch nafar maktab o'quvchi qizni urib yubordi

Qo'qonda Malibu boshqarayotgan o'smir uch nafar maktab o'quvchi qizni urib yubordi

Qo'qonda Malibu boshqarayotgan o'smir uch nafar maktab o'quvchi qizni urib yubordi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qo‘qonda Malibu avtomobilini boshqargan voyaga yetmagan haydovchi piyodalar o‘tish joyida uch nafar qizchani urib yubordi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa 20 may kuni Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Malibu avtomobili rulda bo‘lgan voyaga yetmagan Z. A. piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan uch nafar qizchani urib ketgan.

Olingan tan jarohatlari oqibatida jabrlanganlardan biri shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi qo‘lga olingan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling