Valyuta kurslari 29/04/2025
$1 – 12948.10
UZS – -0,07%
€1 – 14696.09
UZS – -0,04%
₽1 – 156.93
UZS – 0,24%
Qidirish
Iqtisod 18/03/2025 ShoesStarAsia: O`zbekiston charm sanoati yutuqlari Olmaotada

ShoesStarAsia: O`zbekiston charm sanoati yutuqlari Olmaotada

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “ShoesStarAsia” xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a’zo bo‘lgan 10 dan ortiq mahalliy korxonalar o‘zining yangi mahsulotlari, va texnologik yechimlarini namoyish etmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun bu muhim imkoniyat, chunki ular nafaqat yangi bozorlarni kashf qilish, balki xalqaro hamkorlikni kengaytirish va global darajada raqobatdosh bo‘lish uchun o‘zaro tajriba almashish imkonini topmoqdalar.

Masalan, mahalliy "Bene Best" korxonasi Qozogistonning "Safi", Germaniyani “Rieker” kompaniyalari bilan investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Qozogiston kompaniyasi mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida muzokaralarning dastlabki raundini boshlash uchun Toshkentga keladigan boldi. Bu hamkorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarining samaradorligini va mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilishiga hizmat qiladi.

Shuningdek, “Bezone Leather Products Trade” kompaniyasi "Nordman" kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha muloqot o‘tkazdi. Bu hamkorlik ikki kompaniya o‘rtasidagi savdo, texnologiyalar va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling