Halabda Oʻzbekiston-Suriya savdo uyi ochildi
Halabda Oʻzbekiston-Suriya savdo uyi ochildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21 may kuni Suriyaning Halab shahrida O‘zbekiston–Suriya Savdo uyi va distributsiya markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur Savdo uyi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Ahmad Kalash Ltd” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov,
O‘zbekistonning Kuvaytdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ayubxon Yunusov hamda ikki mamlakatning 100 dan ortiq tadbirkorlari ishtirok etdi.
Mazkur markaz ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirish, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Suriya bozoriga olib chiqish hamda logistika va distributsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekistondan Halabga transport yo‘nalishida 1 ta konteynerni yetkazish taxminan 10 kun davom etadi va narxi o‘rtacha 2,5 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.
Markaz orqali “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni Suriya bozorida keng targ‘ib qilish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni kuchaytirish va yangi eksport yo‘nalishlarini shakllantirish rejalashtirilmoqda.
Tomonlar mazkur tashabbus O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidladi.