O‘zbekistonda avto ishlab chiqarish 2,4 barobar oshdi

O‘zbekistonda avto ishlab chiqarish 2,4 barobar oshdi

O‘zbekistonda avto ishlab chiqarish 2,4 barobar oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yil ichida yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida keltirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2026 yil yanvar–mart oylarida mamlakatda turli rusumdagi 108 769 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 457 883 tani tashkil etgan. Bu 2015 yilga nisbatan 267,4 mingtaga ko‘pdir. Nisbiy hisobda o‘sish 2,4 barobarni tashkil qildi.

Ishlab chiqarish dinamikasi 2016 yildan buyon sohada barqaror o‘sish kuzatilganini ko‘rsatmoqda, ayrim pasayish davrlari bundan mustasno. Xususan, 2015 yilda 190,5 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 92,7 mingtani, 2017 yilda 145,2 mingtani, 2018 yilda 225,8 mingtani, 2019 yilda 278,0 mingtani tashkil etgan.

2020 yilda 285,2 mingta, 2021 yilda 242,2 mingta, 2022 yilda 341,2 mingta, 2023 yilda 426,1 mingta, 2024 yilda 435,2 mingta va 2025 yilda 457,9 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Shu tariqa, statistik maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakat avtomobilsozlik sanoati o‘n yil avvalgi ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli o‘sishni namoyon etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling