Oʻzbekiston turizm va mehmonxona sanoatida xitoylik investorlar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston turizm va mehmonxona sanoatida xitoylik investorlar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston turizm va mehmonxona sanoatida xitoylik investorlar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning “Jin Jiang International Group Co., Ltd.” kompaniyasi bosh ofisida kompaniya direktorlar kengashi raisi va prezidenti Jang Xiaqiang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kompaniya mehmonxona biznesi va hospitality yo‘nalishida dunyoning yetakchi operatorlaridan biri bo‘lib, uning tarkibiga “Radisson”, “Campanile”, “Kyriad”, “Golden Tulip”, “Vienna Hotels”, “Metropolo” kabi mashhur xalqaro mehmonxona brendlari kiradi. Bugungi kunda kompaniya dunyo bo‘ylab 17 mingdan ortiq mehmonxonalarni boshqarib kelmoqda.

Kompaniya bilan muzokaralar davomida Toshkent va Samarqand shaharlarida xalqaro tadbirlar, forumlar hamda biznes-turizm yo‘nalishlarini rivojlantirishda mehmonxona infratuzilmasini kengaytirish va xitoylik investorlarni jalb etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniya tizimida birlashgan yirik xalqaro brenddagi mehmonxonalarni O‘zbekistonga olib kirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa Samarqand, Buxoro, Xiva va Farg‘ona vodiysi hududlarida Jin Jiang Group tarkibidagi xalqaro mehmonxona brendlarini joylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarga bo‘lgan yuqori talab va mazkur yo‘nalishdagi investitsiyaviy salohiyat haqida ma’lumot berildi. 

Muloqotlarda biznes-turizm, xalqaro forum va yirik tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun zamonaviy hospitality tizimini kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, Xitoyning yirik investorlarini O‘zbekiston turizm bozoriga jalb qilish, yangi mehmonxonalar qurilishi va boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling