O‘zbekistonda milliy kitobxonlik harakati yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda milliy kitobxonlik harakati yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yoshlar orasida kitobxonlik dasturini keng joriy etish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga ko‘ra, 2026 yildan har yili umumtaʼlim maktablarida o‘qiyotgan yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy kitobxonlik harakati (Dastur) o‘tkaziladi.
Dastur har yili 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich “kitobxonlikharakati.uz” elektron platformasida (platforma) ro‘yxatdan o‘tgan holda onlayn, 2- va 3-bosqichlar esa bevosita ishtirok etish formatida viloyat va respublika darajasida o‘tkaziladi.
Dasturda ishtirokchilar 3 ta yosh toifasida ishtirok etib, belgilangan tartibda saralanadi.
Yuqori sinf toifalari (6-8-sinf, 9-11-sinf) bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rinni olgan 2 nafar g‘olibning har biri 50 ming AQSH dollari pul mukofoti va diplom;
2-o‘rinni olgan 2 nafar sovrindorning har biri 30 ming AQSH dollari pul mukofoti va diplom;
3-o‘rinni olgan 2 nafar sovrindorning har biri 15 ming AQSH dollari pul mukofoti va diplom;
5 ta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlarning har biri 10 ming AQSH dollari pul mukofoti va diplom.