O‘zbekiston terma jamoasi zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo chempionatida to‘rtta medal qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Indoneziyaning Jokyakarta shahrida 12–16 may kunlari yoshlar o‘rtasida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Qitʼa birinchiligida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, bitta oltin va uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

U17 yosh toifasida yakkalik dasturida Mehriniso Qahramonova oltin medal sohibi bo‘ldi.

Kumush medallarga esa Samira Abzalova U19 yosh toifasidagi yakkalik dasturida, Muhammadamin Sultonbekov va Mehriniso Qahramonova U17 toifasidagi aralash juftliklar bahsida, shuningdek, Mehriniso Qahramonova, Sabina Yo‘ldosheva va Muzayyana Murataliyeva U17 jamoaviy musobaqalarida sazovor bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchilarning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki mamlakatda zamonaviy beshkurash sport turini izchil rivojlantirish va istiqbolli yoshlar zaxirasini tayyorlash ishlari samarasi bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling