Toshkentda 912 ta YHQ buzilishiga yo‘l qo‘ygan Matiz aniqlandi

Toshkentda 912 ta YHQ buzilishiga yo‘l qo‘ygan Matiz aniqlandi

Toshkentda 912 ta YHQ buzilishiga yo‘l qo‘ygan Matiz aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida Majburiy ijro byurosi xodimlari 2024 yil aprelidan buyon muntazam ravishda yo‘l harakati qoidalarini buzib kelgan Chevrolet Matiz avtomobilini aniqladi. Ushbu davr mobaynida transport vositasi egasiga nisbatan umumiy qiymati 311 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 912 ta maʼmuriy jarima rasmiylashtirilgan.

Bu haqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi uzoq vaqt davomida yo‘l harakati qonunchiligi talablarini eʼtiborsiz qoldirib, yozilgan jarimalarni to‘lamagan. Natijada qarzdorlik miqdori ortib borgan. To‘plangan qoidabuzarliklar sababli avtomobil qidiruvga berilgan.

15 may kuni tezkor-qidiruv va ijro harakatlari davomida tegishli xizmatlar xodimlari transport vositasini aniqlab, jarima maydonchasiga joylashtirdi.

Farrux Toshpo‘latovning taʼkidlashicha, qayd etilgan qoidabuzarliklar soni bo‘yicha ushbu holat hozircha o‘ziga xos rekord hisoblanadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling